SO‘G‘D HUKMDORLARINING YOZGI QARORGOHI – KOFIRQALA: MODDIY MADANIYAT VA BADIIY SAN‘AT NAMUNALARI (88-91-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Samarqand viloyati Tayloq tumanida joylashgan ilk o‘rta asrlarga oid Kofirqala shahar harobasi hamda undan topilgan moddiy madaniyat va badiiy san‘at namunalari tarix hamda san‘atshunoslik fanlari integratsiyasi asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida yodgorlikning me‘moriy tuzilishi, saroy majmuasidan topilgan monumental devoriy suratlar, yongan yog‘och o‘ymakorligi panellari hamda loy muhrlar (bullalar) So‘g‘d hukmdorlarining saroy madaniyati va o‘sha davr tasviriy san‘atining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishda birlamchi manba sifatida tadqiq etilgan. Maqolada Kofirqala arxeologik topilmalarining So‘g‘d tarixi va madaniyatini o‘rganishdagi ilmiy ahamiyati har taraflama yoritib berilgan.
Bibliografik iqtibos
Isrofilova D. Z.. SO‘G‘D HUKMDORLARINING YOZGI QARORGOHI – KOFIRQALA: MODDIY MADANIYAT VA BADIIY SAN‘AT NAMUNALARI // O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari. Guliston davlat pedagogika instituti, 2026, B.88-91. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2182
Yuklanmoqda...