ANTIK DAVR O‘RTA OSIYO MODDIY MADANIYATI VA ETNOMADANIY JARAYONLARINI ARXEOLOGIK MANBALAR ASOSIDA O‘RGANISH (160-167-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada antik davrda O‘rta Osiyoning tarixiy-madaniy viloyatlari etnomadaniy hayotida yuz bergan tub o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda qadimgi Xorazm, Farg‘ona (Parg‘ana) va Choch viloyatlarida shaharsozlik madaniyatining shakllanish jarayoni arxeologik va yozma manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, xorasmiylarning Amudaryo quyi havzasiga ko‘chib kelishi, Makedoniyalik Iskandar yurishlari va yunon-baqtriya davrining mintaqa ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta‘siri, yuechji-to‘xorlar masalasi hamda Kushon davlatining etnosiyosiy jarayonlardagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada O‘rta Osiyo qadimgi jamoalarining urbanizatsiyalashuvi Amudaryo va Sirdaryo havzalarida ikki xil yo‘ldan borgani asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari antik davrda turkiy va eroniy tilli aholining etnik qorishuvi o‘zbek xalqi etnogenezida muhim bosqich bo‘lganini ko‘rsatadi.
Bibliografik iqtibos
Sattorov Nurbek Abdurazzoqovich. ANTIK DAVR O‘RTA OSIYO MODDIY MADANIYATI VA ETNOMADANIY JARAYONLARINI ARXEOLOGIK MANBALAR ASOSIDA O‘RGANISH // O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari. Guliston davlat pedagogika instituti, 2026, B.160-167. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2198
Yuklanmoqda...