MIZDAHQON ARXEOLOGIK MAJMUASI ASOSIDA X–XIV ASRLARDA XORAZM METALLSOZLIK USTAXONALARINING RIVOJLANISHI VA ISHLAB CHIQARISH TUZILMASI (168-172-bet)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tadqiqotda Mizdahqon arxeologik majmuasi materiallari asosida X–XIV asrlarda Xorazm hududida metallsozlik hunarmandchiligining rivojlanish darajasi, temirchilik va rixtagarlik (rangli metallarni eritish va quyish) ustaxonalarining ishlab chiqarish tuzilmasi hamda texnologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yodgorlikning janubi-g‘arbiy va sharqiy mahallalarida aniqlangan temir va mis eritish o‘choqlari, ustaxona inshootlari, dashqollar (yarim tayyor temir xomashyosi), metallga ishlov berish asboblari hamda tayyor mahsulotlar arxeologik manba sifatida o‘rganilgan. Tahlillar natijasida Mizdahqonda metallga ishlov berish jarayonlari xomashyoni tayyorlash, eritish, tozalash, toblash va tayyor buyumlar ishlab chiqarish kabi bosqichlarga ajralgani, ustaxonalar esa muayyan ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti asosida faoliyat yuritgani aniqlandi. Shuningdek, temirchilik mahsulotlari xo‘jalik, maishiy va harbiy ehtiyojlarni ta‘minlagan bo‘lsa, rixtagarlik ustaxonalari mis va bronzadan turli badiiy hamda amaliy buyumlar tayyorlashga xizmat qilgani ko‘rsatib berildi. Tadqiqot natijalari Mizdahqonning X–XIV asrlarda Xorazmning yirik hunarmandchilik va metallsozlik markazlaridan biri bo‘lganini, undagi ustaxonalar esa o‘rta asr shahar iqtisodiyoti va ishlab chiqarish tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat ko‘rsatganini ilmiy jihatdan asoslaydi.
Bibliografik iqtibos
Sabirov Mansur Ruzmetovich. MIZDAHQON ARXEOLOGIK MAJMUASI ASOSIDA X–XIV ASRLARDA XORAZM METALLSOZLIK USTAXONALARINING RIVOJLANISHI VA ISHLAB CHIQARISH TUZILMASI // O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari. Guliston davlat pedagogika instituti, 2026, B.168-172. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2199
Yuklanmoqda...