ANUSHTEGINIYLAR DAVRIDA (XI–XIII ASRLAR) XORAZM BADIIY METALLSOZLIGIDA BEZAK USLUBLARI VA RAMZIY TASVIRLARNING SHAKLLANISHI (172-175-bet)
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda Anushteginiylar davrida (XI–XIII asrlar) Xorazm hududida rivojlangan badiiy metallsozlik an‘analari, xususan, rixtagarlik, kandakorlik va bezak berish texnologiyalari arxeologik topilmalar hamda yozma manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Zamaxshar, Qizilqal‘a, Qavatqal‘a va Shemaxaqal‘a yodgorliklaridan aniqlangan bronza hamda mis buyumlarning badiiy bezak tizimi, ulardagi zoomorfik (qush va hayvon tasvirlari), epigrafik (yozuvli) hamda islimiy naqshlarning shakllanish xususiyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, metall buyumlarni tayyorlashda qo‘llanilgan qolipaki quyish, kandakori va zarhallash usullarining texnologik imkoniyatlari tahlil qilinib, Xorazm badiiy metallsozlik maktabining o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari XI–XIII asrlarda Xorazmda metallga badiiy ishlov berish yuqori darajada rivojlanganini, undagi bezak uslublari esa mahalliy an‘analar va Sharq san‘ati ta‘siri asosida shakllangan murakkab badiiy tizimni tashkil etganini ko‘rsatadi.
Bibliografik iqtibos
Sabirov Mansur Ruzmetovich. ANUSHTEGINIYLAR DAVRIDA (XI–XIII ASRLAR) XORAZM BADIIY METALLSOZLIGIDA BEZAK USLUBLARI VA RAMZIY TASVIRLARNING SHAKLLANISHI // O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari. Guliston davlat pedagogika instituti, 2026, B.172-175. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2200
Yuklanmoqda...