MARKAZIY OSIYODA HAZRAT ALI NOMI BILAN BOG‘LIQ ZIYORATGOHLAR (198-202-bet)
Annotatsiya
Maqolada Hazrat Ali shaxsini shialar o‘rtasida ilohiylashtirilishi tufayli turli rivoyatlarning kelib chiqishiga va hozirgi O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Afg‘oniston hududlarida ham xalifa Ali nomi bilan bog‘liq muqaddas joylar vujudga kelgani yoritilgan bo‘lib, shialar Makka va Madina shaharlariga haj ziyorati vaqtida amal qilinadigan tartib-qoidalar, udum va marosimlarni bajarishi kabi shunday tartib-qoidalar asosida o‘zlarining muqaddas shaharlarini ham ziyorat etishlari aniqlangan. Tayanch iboralar: Markaziy Osiyo, Hazrat Ali, Iroq, Najaf, Shohimardon, Duldul, rivoyat, sunniylar, shialar, Mozori Sharif, Haydar, shialar. Ma‘lumki, Hazrat Ali 661 yil 19-yanvarda Abdurrahmon ibn Muljam asSorimiy (xorijiylik oqimi vakili) degan shaxs tomonidan Kufa masjididan chiqish paytida jarohatlanadi va ikki kundan so‘ng vafot etadi. Hazrat Alining o‘limi bilan bog‘liq turli rivoyatlar ham mavjud. Mana shunday rivoyatlardan birida aytilishicha, hazrat Ali o‘z o‘limi yaqinligini bilib, uni yarador qilgan xorijiyni qatl etmasliklari va o‘lganidan so‘ng uning jasadini tuyaga bog‘lashlari va tuya qaysi joyga borib cho‘kkalasa, uni o‘sha joyga ko‘mishlarini vasiyat qilgan. Hazrat Ali qanday vasiyat qilgan bo‘lsa, uning o‘limidan keyin jasadini tuyaga bog‘lganlar va ochiq dalaga qo‘yib yuborganlar. Tuya 20 km. yurib, dam olish uchun cho‘kkalagan va o‘sha yerga hazrat Alini dafn etganlar. Uning go‘riga baland tepalik qilib tuproq uyushgan va qabr atrofiga chaylalar qurishgan. Shundan keyin qabr atrofida yana chaylalar qurilib, Najaf shahri barpo etilgan[Ibragimov DJ.: 37]. Zero, an-Najaf arab tilidan tarjimada “tepalik”, “do‘nglik” ma‘nosini bildiradi. Hazrat Ali shaxsini musulmonlar orasida ilohiylashtirish turli rivoyatlarning kelib chiqishiga va Markaziy Osiyo hududida bir necha qadamjo va mozorlarni hazrat Ali nomi bilan bog‘lab, muqaddaslashtirishga olib kelgan. Markaziy Osiyoda bunday muqaddas joylar Shohimardon, ya‘ni “erlar shohi”, “mardlar shohi” nomi bilan yuritiladi. Bu hazrat Aliga berilgan nomlardan biri bo‘lib, turli rivoyatlarga ko‘ra, hazrat Ali janglarda jasurlik, mardlik ko‘rsatib shu nomga sazovar bo‘lgan. Naql qilinishicha, o‘limi odidan o‘g‘illari imom Hasan va imom Husaynlarni chaqirib: “Jigarbandlarim, bugun sizlar bilan abadiy vidolashsam kerak. Ertaga ertalab oq tuya mingan bir badaviy kelib, sizlardan mening jasadimni so‘raydi. Sizlar darhol jasadimni unga topshiringlar! Ammo zinhor uning orqasidan ergashmanglar”, deb vasiyat qiladi. O‘g‘illari yig‘lab, “Uning ortidan bormasak, qabringizni qayerdan izlab topamiz”, deb so‘raydilar. Hazrat Ali qayerda uch tomoni tog‘ bilan o‘ralgan tekislik bo‘lsa, o‘sha yer mening qabrim bo‘ladi, deb dunyodan ko‘z yumadi. Dunyo bo‘yicha ana shunday maskandan yettitasi mavjud [Petrash Yu.G.: 51-54; From history to theology: 320]. O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati Shohimardon qishlog‘ida hazrat Ali nomi bilan bog‘liq muqaddas joy bo‘lib, u Oloy tog‘ining 1540-1570 m. balandligida joylas
Bibliografik iqtibos
Toxtiyev Shuxrat Rustamovich. MARKAZIY OSIYODA HAZRAT ALI NOMI BILAN BOG‘LIQ ZIYORATGOHLAR // O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari. Guliston davlat pedagogika instituti, 2026, B.198-202. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2205
Yuklanmoqda...