TARIXIY GASTRONOMIK MEROSDAN ZAMONAVIY NOMODDIY MADANIY MEROS SIYOSATIGACHA: O‘ZBEKISTONDA UNUTILAYOTGAN TAOMLARNI ANIQLASH, HUJJATLASHTIRISH VA MUHOFAZA QILISH MUAMMOLARI (207-218-bet)
Annotatsiya
Maqolada tarixiy manbalarda qayd etilgan gastronomik obyektlarni nomoddiy madaniy meros elementi sifatida identifikatsiya qilish va baholashning metodologik modeli ishlab chiqilgan. Markaziy muammo shundan iboratki, O‘zbekistonning nomoddiy madaniy meros siyosati (1991–2025) doirasidagi inventarizatsiya amaliyoti faol amal qilayotgan va ko‘rinadigan elementlarga yo‘naltirilgan, amaliyotdan chiqqan obyektlarni meros maqomiga o‘tkazishning ilmiy apparati esa shakllanmagan. Natijada “unutilayotgan taom” tushunchasining operatsional ta‘rifi, to‘rt pog‘onali mansublik shkalasi, o‘n ikki mezonli matritsa va uning asosidagi ikki o‘qli model - meros qiymati indeksi (MQI) hamda muhofaza ustuvorligi indeksi (MUI) - va o‘n bosqichli algoritm taklif etilgan. Model to‘rtta namunada sinovdan o‘tkazilgan; namunalarning to‘rt xil qaror zonasiga taqsimlanishi uning tafovutlash qobiliyatini ko‘rsatgan. Normativ hujjatlar tahlili davrlashtirishga tuzatish kiritish imkonini bergan hamda 2024-yilda belgilangan “yo‘qolgan namunalarni qayta tiklash” vazifasi uchun metodologik ta‘minot yo‘qligini ko‘rsatgan.
Bibliografik iqtibos
Turdiyev Madiyor Mamanazarovich. TARIXIY GASTRONOMIK MEROSDAN ZAMONAVIY NOMODDIY MADANIY MEROS SIYOSATIGACHA: O‘ZBEKISTONDA UNUTILAYOTGAN TAOMLARNI ANIQLASH, HUJJATLASHTIRISH VA MUHOFAZA QILISH MUAMMOLARI // O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari. Guliston davlat pedagogika instituti, 2026, B.207-218. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2207
Yuklanmoqda...