Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

O‘ZBEKISTON ME‘MORIY OBIDALARINI RASSOMLAR IJODI NAMUNALARI ASOSIDA O‘RGANISH (368-372-bet)

Muallif: Xayrov R. Z. (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari (2026)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
maqolada O‘zbekistonning tarixiy-me‘moriy merosini o‘rganishda rassomlar ijodiy merosining ilmiy va manbashunoslik ahamiyati yoritilgan. Pavel Benkov ijodi, tarixiyme‘moriy ekspeditsiyalar materiallari hamda o‘zbek rangtasvir san‘atiga oid ilmiy tadqiqotlar asosida me‘moriy yodgorliklarning badiiy tasvirlarda aks etish xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, rassomlarning rangtasvir asarlari, grafik ishlari va naturadan ishlangan etyudlaridan tarixiy shahar muhitini o‘rganish, me‘moriy obyektlarning avvalgi qiyofasini aniqlash hamda ularni zamonaviy fotosuratlar va raqamli modellar bilan qiyoslash imkoniyatlari ochib berilgan. Maqolada tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi integratsiyasining ta‘limiy ahamiyati ham asoslangan.
Kalit so'zlar: me‘morchilik, rassom, rangtasvir, grafika, yodgorlik, Samarqand, Buxoro, Xiva, manzara, ta‘lim, etyud, naturadan tasvirlash
Bibliografik iqtibos
Xayrov R. Z.. O‘ZBEKISTON ME‘MORIY OBIDALARINI RASSOMLAR IJODI NAMUNALARI ASOSIDA O‘RGANISH // O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari. Guliston davlat pedagogika instituti, 2026, B.368-372. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2236
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...