Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

ALISHER NAVOIY IJODINING ESTETIK TAMOYILLARINI O‘RGANISHGA DOIR (11-13-bet)

Muallif: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi (Samarqand davlat chet tillar instituti)
Konferensiya: FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR (2025)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
mutafakkir shoir Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning ijodiy merosida inson hayoti va u yashayotgan jamiyat farovonligi borasida keltirilgan fikrlari bayon etilgan. Mutafakkir shoir Sharqda kechayotgan romantizm sharoitida o‘zini o‘ylantirgan masalalar xususida faqat badiiy so‘z va timsollar vositasida fikr-mulohazalarini bildiradi. U o‘zining o‘lmas asarlarida g‘oyaviy qarashlarini bir tizimga solib, inson kamoloti va jamiyat taraqqiyoti haqida aniq, kontseptual, dasturiy xulosalarini ifoda etadi. Tayanch iboralar: inson kamoloti, mehr-shafqat, shaxs erkinligi, vatan, jamiyat, dunyo, vatan, tamoyil, ijod. Vatanimizning uzoq tarixidan bu kunga qadar dunyo fani va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan donishmand allomalar o‘tishganki, ularning soni va salohiyati darajasini boshqa bir xalq tarixi misolida ko‘rish mushkul bo‘lsa kerak. Ular orasidagi yorqin tarixiy shaxsiyatlardan biri Nizomiddin Mir Alisher Navoiy edi. Mutafakkir shoir va yirik davlat arbobi Alisher Navoiy o‘z davri siyosiy, ijtimoiy va madaniy-ma‘rifiy hayotini boshqarib turgan kuchlardan biri edi. Shu boisdan u davlat siyosati va jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur bilar, insonlar maishiy turmushlarida sodir bo‘layotgan muammolarni ham tushunar, daho ijodkor sifatida davlati va jamiyati taqdiriga befarq bo‘la olmas edi. Shoir o‘rta asrlarda Sharqda kechayotgan romantizm sharoitida o‘zini o‘ylantirgan masalalar xususida faqat badiiy so‘z va timsollar vositasida fikr-mulohazalarini bildirishi mumkin edi. Shu boisdan u o‘zining o‘lmas asarlarida nafaqat katta ko‘lamdagi masalalar, balki jamiyat kishisining har bir muammosi va qiziqishlari haqida aniq, kontseptual, dasturiy xulosalarini ifoda etadi.[2.25 b.] Alisher Navoiy o‘z umri va ijtimoiy jamiyat hayotiga nazar tashlar ekan, muvaqqat hayot inson uchun faqat baxt manbaidangina iborat emasligini idrok etadi. Shu boisdan muvaqqat jamiyat hayotida faqat halol mehnat, pok niyat, qanoat, sabr kabi fazilatlar vositasida insonni yaxshi axloq va ibratli hayotga tashviq etadi. Uning bunday fikrlari ijtimoiy ruhdagi she‘rlarida o‘z aksini topgan.[4, 145 b.] Alisher Navoiyning qarashlariga ko‘ra, Tangri taolo yaratgan narsalar ichida eng sharaflisi insondir. Inson o‘ziga nasib etilgan umrni behuda emas, balki ongli va samarali kechirishi lozim. Navoiy o‘lmas she‘riyatida dunyo, bashariyat hayoti, inson shaxsi xususida g‘oyatda badiiy fikr yuritadi. U insoniyat uchun eng muhim bo‘lgan masala – shaxs erkinligi masalasini bir necha yo‘nalish bo‘yicha ta‘riflab beradi. Navoiy inson qadri-qimmatini, uning yaratguchi tomonidan sharaflanganligini, oliy xilqat ekanligini birgina baytida ham, «Farhod va Shirin», «Saddi Iskandariy» kabi katta dostonlarida ham yorqin ifodalab beradi. Bir g‘azalida shoir ipak qafasda turgan erksiz qush timsolini tasvirlaydi: Qushqa yung maskan aro xushroqdurur ozodliq, Bo‘lg‘onidin band aro sayyod ipak domi bila. [3,76 b.] Bu timsol vatangadolik, bevatanlikni anglatadi. Erkinlik shaxsning o‘z vatanida qo‘lga ki
Bibliografik iqtibos
Salohiy Dilorom Isomiddin qizi. ALISHER NAVOIY IJODINING ESTETIK TAMOYILLARINI O‘RGANISHGA DOIR // FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.11-13. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2289
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...