Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

TEXNOLOGIY FANINI O‘QITISHDA IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI TEXNIK IJODKORLIGINI INNOVATSIYON YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH (285-288-bet)

Muallif: Muxliboyev M. Q. (Guliston davlat universiteti)
Konferensiya: UZLUKSIZ TA’LIMDA ANIQ FANLARNI O‘QITISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR (2025)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Ushbu maqolada ta‘lim, fan, texnologiya va ishlab chiqarishning integrativ rivojlanish qonuniyatlari, tendensiyalari, texnologik ta‘lim asosida o‘quvchilarni innovatsiyon yondashuv asosida ijodklorlik faoliyatga tayyorlash, ularda texnik ijodkorlikni rivojlantirish muammolarining konseptual va ilmiy-metodtk asoslari muayyan darajada o‘rganilgan. Respublikamiz ta‘lim muassasalarida texnologiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish va optimallashtirish, ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni integrativ qo‘llash bo‘yicha salmoqli izlanishlar olib borilmoqda. Fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi sharoitida o‘quvchilarni nafaqat chuqur texnologik bilim olishga, balki ilmiy dallilarni izlash, topish, tahlil qilish, texnologik echimlarning maqbul variantlarini tanlash, ijodkorlik bilan shug‘ullanish va natijalarini amaliyotga joriy etishga o‘rgatish zaruratga aylanmoqda. Hududiy «Barkamol avlod» bolalar markazlarida to‘garaklar, shu jumladan robototexnika, dasturlash bo‘yicha yo‘nalishlar sonini ko‘paytirish”ga ustuvor vazifa sifatida qaralgan. Mazkur vazifani amalga oshirish, maktabdan tashqari texnologik ta‘lim samardorligini ta‘minlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish orqali iqtidorli o‘quvchilarning texnologik tayyorgarligi va texnik ijodkorligini rivojlantirish muhim pedagogik muammo hisoblanadi. Maktablarda texnologiya fanini o‘qitishda mavjud pedagogik dasturiy vositalar va pedagogik amaliyot holatini tahlil etish natijalari qator nomutanosibliklar mavjudligini ko‘rsatdi: Jumladan: jamiyatning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, zamonaviy texnologik bilimlar, xususan, o‘qitishning innovatsion metodlari, texnologiya va didaktik vositalarini o‘quv jarayonida qo‘llash imkoniyati va didaktik, o‘quv-metodik ta‘minotning etarli emasligi o‘rtasida; o‘quvchilarning texnologik bilimlari va axborot madaniyati, ijodkolrlik ko‘nikmalari va tayyorgarligi darajasiga zamonaviy talablar o‘rtasida; texnologiya fanini o‘qitish jarayonida o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalari, xususan, TRIZ-texnologiyalarini qo‘llash ehtiyoj bilan bunday vositalarning etarli emasligi o‘rtasida. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, aytish mumkinki, ta‘lim, fan, texnologiya va ishlab chiqarishning integrativ rivojlanish qonuniyatlari, tendensiyalari, texnologik ta‘lim asosida o‘quvilarni ijodklorlik faoliyatga tayyorlash, xususan, ularda texnik ijodkorlikni rivojlantirish muammolari, texnik tayyorgarlikning amaliy va psixologik-pedagogik aspektlarining nazariy, konseptual va ilmiy-metodtk asoslari muayyan daraja o‘rganilgan bo‘lsa-da, texologiya fanini o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilarda texnik ijodkorlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari, integrativ yondashuv asosida o‘qitishning o‘quv-uslubiy ta‘minoti va o‘quv natijalarini pedagogik tashxislashning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish zarurati tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotning vazifalari: - tadqiqot mavzusiga oid ilmi
Bibliografik iqtibos
Muxliboyev M. Q.. TEXNOLOGIY FANINI O‘QITISHDA IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI TEXNIK IJODKORLIGINI INNOVATSIYON YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH // UZLUKSIZ TA’LIMDA ANIQ FANLARNI O‘QITISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.285-288. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/229
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...