XX ASR ADABIYOTINI O‘RGANILISHIGA DOIR MULOHAZALAR (13-17-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining o‘rganilishiga oid ayrim masalalar tahlil qilinadi. Unda Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor kabi adiblarning murakkab davr sharoitida yaratgan asarlari, ularning ijodiy jasorati hamda mafkuraviy tazyiqlarga qarshi kurashi yoritilgan. Shuningdek, Abdulla Qahhorning “Yoshlar bilan suhbat” asarining tarixiy ahamiyati, adibning yosh iste‘dodlarga bo‘lgan e‘tibori va ularning shakllanishidagi o‘rni haqida fikr yuritiladi. Maqola istiqlol davrida milliy adabiyotimizni haqqoniy o‘rganish imkoniyatlari va ijodkorlarga bo‘lgan e‘tiborning ortganini ham ko‘rsatadi.
Bibliografik iqtibos
Qosimov Usmon, Abdullayeva Gulmira. XX ASR ADABIYOTINI O‘RGANILISHIGA DOIR MULOHAZALAR // FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.13-17. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2290
Yuklanmoqda...