Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

QO‘SHMA GAPLARDA ASIMMETRIK DUALIZMNING TEJASH TAMOYILI ORQALI ASOSLANISHI (283-285-bet)

Muallif: Aytbayev Dilshodxuja Temirbayevich (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR (2025)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Ushbu maqolada belgining shakliy va mazmuniy asoslari har doim ham bir-biriga mutanosib bo‘lavermasligi haqida xorijiy va o‘zbek tilshunoslarining fikrlari haqida fikr yiritiladi. Kalt so‘zlar: omonimiya, sinonimiya, shakl va mazmun munosabati, nomutanosiblik, asimmetrik dualizm, tilning sath birliklari. Asimmetrik dualizmning til sathlarida amal qilishini kuzatar ekanlar, tilning akustikmotor tomoni ham o‘zining sema-morfema sathida turuvchi birligiga egaligi va bunday birlik bo‘g‘in ekanligi aytiladi. Demak, dualizm universal hodisa sanalib, uni tilning barcha sathlarida kuzatish mumkin [1; 181]. Tilning barcha sath birliklarida dualizmning namoyon bo‘lishini tahlil qilar ekan, V.Skalichka jumla (высказывание) sathida asimmetrik dualizmning amal qilishi mumkin emasligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha, gaplar birlashib, jumlalarni hosil qiladi. Jumla til tizimining yuqori sath birligi sanaladi. Ular o‘ziga yaqin quyi sath birliklari – gaplar singari klishe-gaplar orqali ifodalanadi. Shu sababli jumla alohida formal tavsifga muhtoj emas [5; 119–127]. Bizga ma‘lumki, quyi sath birliklari yuqori sath birliklari uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Ularning sintagmatik munosabatga kirishishi asosida yuqori sath birliklari hosil bo‘ladi. Bunga muvofiq, quyi sath birliklarining o‘zgarishi yuqori sath birliklarining ham o‘zgarishiga turtki bo‘ladi. Shu bois V.Skalichkaning yuqoridagi fikrlariga qo‘shilib bo‘lmaydi. O‘zbek tilshunosligida ham lingvistik belgining shakl va mazmun munosaba-tini yoritib beruvchi bir qator tadqiqotlar mavjud. Xususan, prof. N.Mahmudov sodda gaplarda shakl va mazmun munosabatini tahlil qilar ekan, sodda gap doirasidagi mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik tildagi tejash tamoyilining amal qilishi sifatida namoyon bo‘lsa, qo‘shma gaplardagi bunday nomuvofiqlikning zamini tildagi ortiqchalilik tendensiyasiga borib taqalishini ta‘kidlaydi [4; 148]. Uning fikricha, bir denotativ voqea ifodalangan ergash gapli qo‘shma gaplarda mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik har doim mavjud bo‘ladi va buning yuzaga kelishi tildagi ortiqchalilik tendensiyasiga borib taqaladi. Shu o‘rinda bir mulohazali fikr tug‘iladi. Sodda gap doirasidagi mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlikning tildagi tejash tamoyili asosida yuzaga kelishini e‘tirof etish mumkin. Lekin qo‘shma gap doirasidagi mazmuniy-sintaktik nomuvo-fiqlikning yuzaga kelishini faqat ortiqchalilik tendensiyasi bilan bog‘lash, bizningcha, to‘g‘ri emasdek ko‘rinadi. Chunki bir qarashda ortiqchadek tuyulgan bo‘lak – gap, masalan, Bilamizki, reja bilan qilingan ish yaxshi natija beradi gapidagi bilamizki qismi aslida qisqarishning eng oxirgi nuqtasiga uchrashi natijasida paydo bo‘lgan va qo‘shma gapning modusiga aylangan. (Biz juda yaxshi bilamiz → biz yaxshi bilamiz → biz bilamiz → bilamiz). Dastlab bu bo‘lak mustaqil gap sifatida borliqdagi biron-bir voqea-hodisa haqida ma‘lumotga ega ekanlikni ifodalovchi propozitsiyaga ega bo‘lgan. Shuning uchun ergashgan qo‘shma gaplarning mazmuniysintaktik nomu
Bibliografik iqtibos
Aytbayev Dilshodxuja Temirbayevich. QO‘SHMA GAPLARDA ASIMMETRIK DUALIZMNING TEJASH TAMOYILI ORQALI ASOSLANISHI // FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.283-285. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2397
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...