Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

NEMIS TILIDA SO‘ZLASHUVCHI DAVLATLARNING DAVLAT QURILISH FORMALARI VA ULARNING VAZIFALARI (305-307-bet)

Muallif: Jo‘rayev Rahmatulla (Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti); Mirvaliyev Furqat
Konferensiya: FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR (2025)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Mazkur maqolada nemis tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning - Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Lixtenshteyn va Lyuksemburgning davlat qurilish formalari, ularning siyosiy tizimi va boshqaruv tamoyillari tahlil qilingan. Tadqiqotda har bir mamlakatning konstitutsiyaviy asoslari, federativ yoki konfederativ tuzilma xususiyatlari hamda ijro, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlari o‘rtasidagi munosabatlar yoritilgan. Muallif nemis tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning umumiy jihatlari - demokratik qadriyatlarga sodiqlik, huquq ustuvorligi, hokimiyatlar bo‘linishi va fuqarolik ishtirokini ta‘minlash tamoyillarini alohida tahlil qiladi. Maqolada, shuningdek, Germaniya va Avstriya federativ boshqaruv modeli, Shveysariyaning bevosita demokratiya tizimi, hamda Lixtenshteyn va Lyuksemburgdagi konstitutsion monarxiyalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: davlat qurilishi, federatsiya, konfederatsiya, demokratiya, konstitutsion monarxiya, siyosiy tizim, Germaniya, Avstriya, Shveysariya
Bibliografik iqtibos
Jo‘rayev Rahmatulla, Mirvaliyev Furqat. NEMIS TILIDA SO‘ZLASHUVCHI DAVLATLARNING DAVLAT QURILISH FORMALARI VA ULARNING VAZIFALARI // FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.305-307. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2406
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...