BADIIY ASAR TILINI LINGVISTIK NUQTAYI NAZARDAN O‘RGANISH (523-526-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada badiiy asar tilini lingvistik nuqtayi nazardan o‘rganish masalasi yoritilgan bo‘lib, o‘zbek adabiyotshunosligida bu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Muallif badiiy tilning xalq tili bilan uzviy bog‘liqligini, unda xalqchillik ruhi ustunligini ta‘kidlaydi. Shuningdek, Abdulla Qodiriy, Alisher Navoiy, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom kabi yirik adiblarning badiiy tildan foydalanish mahorati misolida so‘z estetikasi, uslubiy aniqlik va ifoda go‘zalligi tahlil etiladi. Tadqiqotda filolog olimlarning badiiy asar tili haqidagi nazariy qarashlari ham o‘rganilib, til estetikasi nafaqat adabiyotda, balki kundalik nutqda ham muhim kommunikativ va estetik ahamiyat kasb etishi ta‘kidlanadi. Maqola badiiy asar tilini o‘rganishning metodik jihatlarini ochib berib, uni ta‘lim jarayoniga tatbiq etishning ahamiyatini asoslaydi.
Bibliografik iqtibos
Ibragimov A.. BADIIY ASAR TILINI LINGVISTIK NUQTAYI NAZARDAN O‘RGANISH // FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.523-526. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2489
Yuklanmoqda...