Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

O‘QUVCHILARNING OG‘ZAKI NUTQINI O‘STIRISHDA SAVOL-JAVOB DISKURSINING AHAMIYATI (648-650-bet)

Muallif: Normamatova Dilfuza Turdikulovna (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR (2025)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida so‘roq olmoshlarining o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. So‘roq olmoshlari (Who, What, Which, When, Why) yordamida o‘quvchilarning muloqot madaniyatini shakllantirish, mustaqil fikrlash va nutqiy faoliyatni faollashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada so‘roq olmoshlarining semantik-sintaktik xususiyatlari, ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari hamda o‘quv jarayonida ulardan samarali foydalanish metodlari amaliy misollar asosida ko‘rsatib berilgan. Xususan, savol-javob mashqlari orqali o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, grammatik va leksik ko‘nikmalarni mustahkamlash yo‘llari bayon etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘roq olmoshlaridan tizimli foydalanish o‘quvchilarning og‘zaki nutqini faollashtirishda samarali vosita hisoblanadi.
Kalit so'zlar: so‘roq olmoshlari, og‘zaki nutq, muloqot, savol-javob mashqlari, ingliz tili o‘qitish metodikasi, grammatik ko‘nikma, nutqiy faoliyat, o‘quv jarayoni
Bibliografik iqtibos
Normamatova Dilfuza Turdikulovna. O‘QUVCHILARNING OG‘ZAKI NUTQINI O‘STIRISHDA SAVOL-JAVOB DISKURSINING AHAMIYATI // FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.648-650. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2534
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...