ZAMONAVIY TA‘LIMDA O‘ZBEK ADABIYOTINI O‘QITISHGA YANGICHA YONDASHUV (757-760-bet)
Annotatsiya
Bugungi zamon yoshlariga adabiy ta‘lim berish, ularning tafakkurini rivojlantirish maqsadida qator adabiyotshunos olimlar tomonidan turli talqin va tahlillar berib borilmoqda. Badiiy adabiyotni qiyofasi o‘zgargan zamon va sog‘lom tafakkur nuqtayi nazaridan o‘qish, idrok etish, tushunish va tahlil etish masalasi o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir. Shunday ekan, adabiyotshunos olimlarimiz va munaqqidlarimizning o‘z qarashlarini belgilab, tahlil va talqin tamoyillarini aniqlab olishga kirisha boshlashlari kerak, bu paydo bo‘lgan yangicha fikrlash ilmiy tadqiqotning mutlaqo yangi nazariy asoslarini shakllantirish zarurati bor. Maqolada Qozoqboy Yo‘ldoshevning o‘ziga xos uslubi haqida mulohazalar bayon qilingan. Olim badiiy asar haqidagi fikrlari va tahlillari bayonida faqatgina matnga tayanadi va ilmiy xulosalarini matndan keltirib xolis ifodalaydi. Asarning badiiyatiga qarab o‘z xulosalarini bayon qilishi bilan birga asarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ham bayon etishi xususida so‘z boradi.
Bibliografik iqtibos
Qarshiyeva Mahbuba Abduvali qizi. ZAMONAVIY TA‘LIMDA O‘ZBEK ADABIYOTINI O‘QITISHGA YANGICHA YONDASHUV // FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.757-760. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2578
Yuklanmoqda...