MADANIYATLARARO KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA: ASOSIY NAZARIY YONDASHUVLAR VA ILMIY QARASHLAR (842-845-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya (MKK) tushunchasining shakllanishi, nazariy asoslari, ilmiy yondashuvlar, uning tarkibiy qismlari va talabalarda ushbu kompetensiyani rivojlantirishning zamonaviy talablari yoritilgan. Shuningdek, g‘arb olimlarining konseptual qarashlari tahlil etilgan. XXI asr – globallashuv, madaniyatlarning bir-biri bilan yaqinlashuvi va xalqaro axborot almashinuvining jadal rivojlanish davri hisoblanadi. Bu jarayonlarda turli etnik guruhlar, diniy, madaniy va til jamoalari o‘rtasidagi muloqot kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi. Shu sababli ta‘lim tizimida, xususan, xorijiy til o‘qitish metodikasida madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya tushunchasi asosiy ilmiy kategoriyalardan biri sifatida qaralmoqda.
Bibliografik iqtibos
Narbutaeva Zarnigor Maxammadkulovna. MADANIYATLARARO KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA: ASOSIY NAZARIY YONDASHUVLAR VA ILMIY QARASHLAR // FILOLOGIYA VA TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.842-845. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2613
Yuklanmoqda...