TARIXIY-ME‘MORIY OBYEKTLARNI O‘RGANISH HAMDA MUZEY FONDLARINI BOYITISHDA TARIX VA ARXEOLOGIYA INSTITUTINING O‘RNI (288-292-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutining tarixiy-me‘moriy yodgorliklarni tizimli o‘rganish, ularning me‘moriy-tuzilmaviy xususiyatlarini aniqlash va topilmalar asosida davlat muzey fondlarini boyitishdagi fundamental roli 1950–1960-yillardagi arxiv hujjatlari hamda 2024–2026-yillardagi yangi arxeologik kashfiyotlar asosida tahlil qilinadi. Xorazm, Zarafshon va Pomir-Farg‘ona ekspeditsiyalarida o‘rganilgan Varaxsha, Tuproqqal‘a va Bolaliqtepa yodgorliklaridan topilgan monumental san‘at namunalari Tug‘unbuloq, Toshbuloq hamda Surxondaryodagi Bandixon II yodgorliklaridan aniqlangan yangi ashyolar bilan qiyoslanib, ularning ilmiy va muzeyshunoslik ahamiyati yoritiladi.
Bibliografik iqtibos
Kanimkulov Olimjon Sheraliyevich. TARIXIY-ME‘MORIY OBYEKTLARNI O‘RGANISH HAMDA MUZEY FONDLARINI BOYITISHDA TARIX VA ARXEOLOGIYA INSTITUTINING O‘RNI // O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari. Guliston davlat pedagogika instituti, 2026, B.288-292. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2648
Yuklanmoqda...