Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

TARIXIY-MADANIY MEROSNI RAQAMLI MUHITDA TADQIQ ETISH VA TAQDIM ETISHDA RAQAMLI MULOQOTNING DEONTOLOGIK ASOSLARI (423-427-bet)

Muallif: Kurbanbayeva Mukaddas Kozibayevna (Toshkent gumanitar fanlar universiteti)
Konferensiya: O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari (2026)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekistondagi tarixiy-madaniy meros obyektlarini tadqiq etish va keng jamoatchilikka yetkazishda tarix, san‘atshunoslik hamda raqamli kommunikatsiya imkoniyatlarining o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Tarixiy yodgorliklarni raqamlashtirish jarayonida raqamli muloqotning o‘rni, tarixiy axborotni to‘g‘ri, ilmiy asoslangan va mas‘uliyatli tarzda taqdim etish zarurati asoslanadi. Shuningdek, raqamli muhitda tarixiy-madaniy merosga oid axborot bilan ishlashda haqqoniylik, manbaga hurmat, tarixiy kontekstni saqlash, madaniy qadriyatlarga hurmat va axborot mas‘uliyati kabi deontologik tamoyillarning ahamiyati ochib beriladi. Tarixiy va san‘atshunoslik tadqiqotlarini raqamli muloqot bilan uyg‘unlashtirish orqali tarixiy merosni yosh avlodga yetkazishning pedagogik imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.
Kalit so'zlar: tarixiy-madaniy meros, tarix, san‘atshunoslik, raqamli muhit, raqamli muloqot, raqamli kommunikatsiya, pedagogik deontologiya, axborot madaniyati, tarixiy xotira, raqamlashtirish
Bibliografik iqtibos
Kurbanbayeva Mukaddas Kozibayevna. TARIXIY-MADANIY MEROSNI RAQAMLI MUHITDA TADQIQ ETISH VA TAQDIM ETISHDA RAQAMLI MULOQOTNING DEONTOLOGIK ASOSLARI // O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari. Guliston davlat pedagogika instituti, 2026, B.423-427. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2649
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...