BIOLOGIYA DARSLARINI O‘QITISHDA SAMARALI USULLARDAN FOYDALANISH (450-451-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqola biologiya darslarini o‘qitishda qo‘llaniladigan samarali usullarni tahlil qiladi va ularning o‘quv jarayoniga ta‘sirini yoritadi. Maqolada interaktiv ta‘lim usullari, jumladan, muammoga yo‘naltirilgan ta‘lim va loyiha asosidagi o‘qitish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish (virtual laboratoriyalar, mobil ilovalar) va amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati muhokama qilinadi. O‘quvchilarga individual yondashuv va tabiatda o‘tkaziladigan kuzatuvlar kabi usullar orqali biologiyaga qiziqishni oshirish va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqola o‘qituvchilarga zamonaviy ta‘lim usullarini sinfda qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi va biologiya ta‘limining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bibliografik iqtibos
Mamatqulova Yulduz Primkulovna. BIOLOGIYA DARSLARINI O‘QITISHDA SAMARALI USULLARDAN FOYDALANISH // UZLUKSIZ TA’LIMDA ANIQ FANLARNI O‘QITISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.450-451. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/273
Yuklanmoqda...