ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA TA‘LIM (494-495-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy texnalogiyalarning inson hayotidagi o‘rni, ularning ta‘lim, sog‘liqni saqlash, aloqa, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish sohalaridagi ahamiyati yoritilgan. Texnologiyalar yordamida hayot qanday yengillashgani, qanday qulayliklar yaratilgani, haqida fikr yuritiladi. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar dunyo bo‘ylab tez rivojlanmoqda. Ular odamlarning kundalik hayotini o‘zgartirib, turli sohalarda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu texnologiyalar ishlash uslublarini, muloqot qilishni va hatto odamlar o‘rtasidagimunosabatlarni ham o‘zgartirmoqda. Smartfonlar,kompyuterlar, internet, sun‘iy intellekt va boshqa innovatsiyalar hayotimizning ajralmas qismiga allaqqachon aylanib ulgurgan desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Quyida zamonaviy texnologiyalarning ijobiy va salbiy ta‘sirlarini ko‘rib chiqamiz. Zamonaviya texnologiyalar ta‘lim jarayonini inqilobiy ravishda o‘zgartirdi. Interaktiv ta‘lim platformalari, onlayn kurslar va raqamli resurslar o‘quvchilarga yangi bilimlarni o‘zlashtirishda keng imkoniyatlar yaratmoqda. Sun‘iy intellekt va virtual haqiqat darslarni qiziqarli hamda samarali qiladi. Ularni qo‘llash bilan birga, o‘qituvchilarning roli ham o‘zgaradi, ularni ko‘proq murabbiy va qo‘llab-quvvatlovchi sifatida ko‘ramiz. Ta‘limga zamonaviy yondashuvlar yordamida yoshlar uchun sifatli va innovatsion bilimlar taqdim etiladi. Zamonaviy texnologiyalarning birinchi va eng muhim ijobiy jihatlaridan birikommunikatsiya sohasidagi o‘zgarishlardir. Internet va mobil telefonlar yordamida odamlar bir-birlari bilan tezva qulay muloqot qilmoqda. Masofaviy ishlash, o‘qish va yangiliklar olish osonlashdi. Onlain ta‘lim, videokonferensiyalar, va ijtimoiy tarmoqlar biznes va shaxsiy hayotda ko‘plab o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Texnologiyalar shuningdek, tibbiyot va ta‘lim sohalarida katta yutuqlarga erishishga imkon yaratmoqda. Yangi tibbiy asbob-uskunalar, davolash usullari va sun‘iy intellekt tibbiy tashxis qo‘yishda va davolashda yordam berishi mumkin. Masalan, robot-xirurglar jarrohlik amaliyotlarini yanada aniqroq va xavfsizroq qilishga yordam beradi. Yevropaning ko‘plab rivojlangan davlatlarida robotlar nozik jarrohlik ishlarini ham bajarishmoqda. Ta‘lim sohasiga keladigan bo‘lsak, zamonaviy tehnologiyalar yordamida inson hohlagan adabiyotidan, darslik va qo‘llanmalaridan internet orqali qulay foydalanishmoqda. Bizning institutimiz ham aynan shu sohaga ixtisoslashtirilganligi institutimiz talabalariga ayni muddao hisoblanadi. Chunki zamonaviy kasblarning rivojlanishi bilan mamlakat ham beihtiyor rivojlanadi. Bizning yo‘nalishimiz uchun rivoji uchun qilinayotgan ishlar ham buni yaqqol misoli bo‘la oladi. Ya‘ni axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik markazlarini ochilishi yangi imkoniyatlar yaratilishiga olib keladi. Zamonaviy texnologiyalarning salbiy ta‘sirilarini ko‘ib chqadigan bo‘lsak, Internet va ijtimoiy tarmoqlar ba‘zan odamlar o‘rtasidagi real munosabatlarni pasaytiradi. Ko‘p vaqtniekranga qarab o‘tkazish, jamiyatda yolg‘izli
Bibliografik iqtibos
Mavlyanov Muminjon Akramovich, Komiljonova Nigora Bahodir qizi. ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA TA‘LIM // UZLUKSIZ TA’LIMDA ANIQ FANLARNI O‘QITISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.494-495. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/290
Yuklanmoqda...