MATEMATIKA TA‘LIMIDA SUN‘IY INTELLEKT (SI) IMKONIYATLARIDA FOYDALANISH. IMKONIYATLAR, KAMCHILIKLAR VA ISTIQBOLLAR (520-524-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada matematika ta‘limida sun‘iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari, amaliy imkoniyatlari, afzalliklari va mavjud muammolari tahlil qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalar, xususan, sun‘iy intellekt asosida ishlaydigan platformalar va chatbotlar yordamida ta‘lim jarayonini interaktiv, shaxsiylashtirilgan va samarali tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, dunyo tajribasi, ilg‘or platformalar (ChatGPT, MathGPT, Wolfram Alpha, Desmos, Symbolab va boshqalar) va o‘qituvchining roli bilan bog‘liq masalalar tahlil qilingan. Sun‘iy intellektdan foydalanishning afzalliklari bilan bir qatorda, uning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga ta‘siri, til to‘siqlari va texnik cheklovlar kabi kamchiliklari ham muhokama qilingan. Kelajakda matematika darslarida sun‘iy intellektni integratsiyalash bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar va takliflar ilgari surilgan.
Bibliografik iqtibos
Radjabov Baxtiyor Sharipovich, Abdurahmonov Hasanjon Kotibjon o‘g‘li. MATEMATIKA TA‘LIMIDA SUN‘IY INTELLEKT (SI) IMKONIYATLARIDA FOYDALANISH. IMKONIYATLAR, KAMCHILIKLAR VA ISTIQBOLLAR // UZLUKSIZ TA’LIMDA ANIQ FANLARNI O‘QITISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.520-524. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/300
Yuklanmoqda...