Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

BOLANI HIMOYA QILISH TARBIYACHINI QO‘LLAB-QUVVATLASHDAN BOSHLANADI (644-648-bet)

Muallif: Oripova A’lo O‘ktam qizi
Konferensiya: “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR” (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar faoliyatiga yuklanayotgan kasbiy, ruhiy va tashkiliy mas’uliyat masalasi tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyachilar bilan bog‘liq salbiy holatlarning ko‘payishi ko‘pincha faqat pedagog shaxsiga bog‘lab baholanmoqda. Biroq maqolada muammoning asosiy sabablaridan biri sifatida guruhlarda bolalar sonining ko‘pligi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar nisbati mutanosib emasligi, yordamchi tarbiyachilar vazifasining haddan tashqari kengligi hamda pedagoglarga yetarli tashkiliy-psixologik yordam ko‘rsatilmayotgani asoslab beriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va xorijiy tajribalarni joriy etish jarayonida faqat dastur mazmuniga emas, balki ularni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarga ham e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanadi. Finlandiya, AQSH, Singapur, Xitoy, Koreya, Shvetsiya va Turkiya tajribalari asosida tarbiyachi va bolalar nisbati taqqoslanib, sifatli maktabgacha ta’lim uchun pedagogning mehnat sharoiti, guruh hajmi va yordamchi kadrlar tizimi muhim omil ekani yoritiladi.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta’lim, tarbiyachi, tarbiyachi yuklamasi, guruhdagi bolalar soni, tarbiyachi va bola nisbati, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi, xorijiy tajriba, pedagogik sharoit, ta’lim sifati, yordamchi tarbiyachi, bola xavfsizligi, kasbiy zo‘riqish, individual yondashuv.
Bibliografik iqtibos
Oripova A’lo O‘ktam qizi. BOLANI HIMOYA QILISH TARBIYACHINI QO‘LLAB-QUVVATLASHDAN BOSHLANADI // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.644-648. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/34
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...