TASVIR VA TAFAKKUR (MAKTABGACHA TA‘LIMNING TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARIDA TASVIR ORQALI IDROK ETISHNI SHAKLLANTIRISH) (127-130-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari orqali bolalar idrokini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari haqida fikr yuritilgan. Bolalar rivojlanishida tasviriy san‘atning ahamiyati, ranglar, shakllar va obyektlarni vizual idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirish usullari yoritilgan. Tadqiqotda tasviriy mashg‘ulotlarning idrok jarayoniga qanday ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar ekani, pedagogik metod va yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, maqolada didaktik o‘yinlar, ijodiy tasviriy faoliyat va bolalarning estetik qobiliyatlarini rivojlantirish usullari haqida ma‘lumotlar berilgan. Maqola natijalari bolalarda dunyoqarash, ijodiy tafakkur va estetik idrokni shakllantirishga yordam beradi.
Bibliografik iqtibos
Bolibekov Alisher, O‘ktamova Laylo. TASVIR VA TAFAKKUR (MAKTABGACHA TA‘LIMNING TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARIDA TASVIR ORQALI IDROK ETISHNI SHAKLLANTIRISH) // "Uzluksiz taʼlim tizimida raqamli va innovatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Guliston davlat pedagogika instituti, 2024, B.127-130. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/344
Yuklanmoqda...