Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILAR IJODIY QOBILIYATLARINING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (241-244-bet)

Muallif: Misirova Nodira Tovbaevna (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: "Uzluksiz taʼlim tizimida raqamli va innovatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (2024)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, fanga oid muammolarni yechish usullarini o‘rgatish, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ijodiy masalalarni evrestik yo‘llar bilan ishlash, faoliyatining tanish usullaridan yangi vaziyatlarda kompetensiyalarini qo‘llay olish, emotsional-integrativ kasbiy tayyorgarlik darajalari, samarali fikrlash, tasavvur, kognitiv motivatsiya, intellektual his-tuyg‘ular uzviyligini diagnostik aniqlash asosida takomillashtirishga qaratilgan. Muallif tomonidan maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar ijodiy qobiliyati pedagogik faoliyati davomida davriy va uzluksiz didaktik tayyorgarligini ta‘lim mazmunining shakli hamda uzluksizligiga bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar aytib o‘tilgan. Maqolada hozirgi zamon adabiyotlarida ijod, ijtimoiy yoki ijtimoiy-tarixiy ulkan ahamiyatga ega faoliyat turi sifatida e‘tirof etilgan. Bu nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlagan holda odatda tadqiqotlarda ijod mahsulining ob‘ektiv va sub‘ektiv tomonlarini alohida ajratib ko‘rsatilgan, sub‘ektiv holatda esa ijodning ijtimoiy emas, balki faqat shaxsiy ahamiyatiga e‘tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: ijodiy qobiliyatlar, kompetensiya, emotsional-integrativ kasbiy tayyorgarlik darajalari, kognitiv motivatsiya, davriy va uzluksiz didaktik tayyorgarlik, kreativ va tizimli, intellektual qobiliyat, muammoli yondashuvlar, individual-psixologik, insonning individual salohiyati, xalqaro standart, konkret funksional tizim
Bibliografik iqtibos
Misirova Nodira Tovbaevna. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILAR IJODIY QOBILIYATLARINING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI // "Uzluksiz taʼlim tizimida raqamli va innovatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Guliston davlat pedagogika instituti, 2024, B.241-244. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/385
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...