Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

BOSHLANG‘ICH TA‘LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING DOLZARB MASALALARI (246-248-bet)

Muallif: Misirova Nodira Tovbayevna (Guliston davlat pedagogika instituti); O‘rishova Xayriniso Muhammadali qizi (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: "Uzluksiz taʼlim tizimida raqamli va innovatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (2024)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Bugungi kunda boshlang‘ich ta‘lim tizimida innovatsion texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta‘lim sohasida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash yosh avlodning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimlarni tez va oson o‘zlashtirish, darslarni interaktiv shaklda olib borish imkonini beradi. Ushbu tadqiqotda boshlang‘ich ta‘lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etishning afzalliklari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari o‘rganilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, masofaviy o‘qitish, multimediya va simulyatsion vositalardan samarali foydalanish, shuningdek, pedagoglarning malakasini oshirish muhimligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi boshlang‘ich ta‘lim tizimida ta‘lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlarini yoritishdan iborat.
Kalit so'zlar: Boshlang‘ich ta‘lim, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy texnologiyalar, ta‘lim tizimi, interaktiv o‘qitish, raqamli texnologiyalar, masofaviy ta‘lim, multimediya, simulyatsiya, ta‘lim sifati, pedagoglarning malakasi, o‘quv jarayoni, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash
Bibliografik iqtibos
Misirova Nodira Tovbayevna, O‘rishova Xayriniso Muhammadali qizi. BOSHLANG‘ICH TA‘LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING DOLZARB MASALALARI // "Uzluksiz taʼlim tizimida raqamli va innovatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Guliston davlat pedagogika instituti, 2024, B.246-248. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/387
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...