Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SHE‘RIY MATNLAR USTIDA ISHLASHGA INNOVATSION YONDASHUV (430-433-bet)

Muallif: Rabbimqulova Durdona Haydarqul qizi (Guliston davlat pedagogika instituti); Sharifova Charos Fozil qizi (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: "Uzluksiz taʼlim tizimida raqamli va innovatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (2024)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Boshlang‘ich sinflarda she‘riy matnlar ustida ishlashda innovatsion yondashuvlar bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, badiiy so‘z san‘ati bilan tanishtirish va o‘qishga qiziqishini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Mazkur mavzu she‘rlarni o‘qitish jarayonini qiziqarli va samarali qilishga yo‘naltirilgan zamonaviy metodlarni qamrab oladi. Ushbu yondashuvlarda o‘yinli va interaktiv metodlardan foydalanish, texnologiyalardan foydalangan holda audio va video materiallar yaratish, jamoaviy va rolli o‘qish, tahlil qilish kabi usullar orqali bolalarning she‘riy asarlarni tushunish qobiliyatlari rivojlantiriladi. Innovatsion yondashuvlar ta‘lim jarayonida o‘quvchilarni faol ishtirokchi sifatida jalb qilib, ularga ijodiy fikrlash va estetik didni shakllantirishda yordam beradi. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda she‘r matni ustida ishlash, uni tahlil qilishning innovatsion usullari yoritilgan.
Kalit so'zlar: boshlang‘ich sinf, she‘riy matnlar, innovatsion yondashuvlar, ta‘limiy texnologiyalari, didaktik materiallar, bolalar she‘riyatiga qiziqish, audiovizual materiallar, bolalarning ijodiy qobiliyatlari, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, she‘riy obrazlar
Bibliografik iqtibos
Rabbimqulova Durdona Haydarqul qizi, Sharifova Charos Fozil qizi. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SHE‘RIY MATNLAR USTIDA ISHLASHGA INNOVATSION YONDASHUV // "Uzluksiz taʼlim tizimida raqamli va innovatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Guliston davlat pedagogika instituti, 2024, B.430-433. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/456
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...