PYTHON DASTURLASH TILINING SCIKIT-LEARN KUTUBXONASI YORDAMIDA SODDA MACHINE LEARNING MODELINI YARATISH (363-365-bet)
Annotatsiya
Ushbu ishda Scikit-learn kutubxonasi yordamida oddiy mashinaviy o‘rganish (ML) modeli yaratish jarayoni ko‘rsatilgan. Tadqiqot maqsadi, yangi o‘rganuvchilarga mashinaviy o‘rganishning asosiy bosqichlarini oddalashtirilgan tarzda taqdim еtish va ular uchun amaliy misollar asosida tushuncha shakllantirishdan iborat. Ishda Iris ma’lumotlar to‘plami asosida klassifikatsiya vazifasi bajarilgan bo‘lib, Decision Tree va K-Nearest Neighbors (KNN) algoritmlari sinovdan o‘tkazilgan. Modelning samaradorligi aniqlik (accuracy), aniqlik darajasi (precision), chaqiruv (recall) va F1 score kabi metrikalar yordamida baholangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Scikit learn kutubxonasi orqali oddiy va samarali modellarni yaratish va baholash mumkin.
Bibliografik iqtibos
Xursandov Hamidillo Fayzillo o‘g‘li. PYTHON DASTURLASH TILINING SCIKIT-LEARN KUTUBXONASI YORDAMIDA SODDA MACHINE LEARNING MODELINI YARATISH // UZLUKSIZ TA’LIMDA ANIQ FANLARNI O‘QITISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.363-365. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/51
Yuklanmoqda...