TA‘LIM JARAYONIDA INDIVIDUAL YONDOSHUV ORQALI SPORTDAGI MUVAFFAQIYATLARNI OSHIRISH (34-38-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqola ta‘lim jarayonida individual yondoshuvning ahamiyatini va uning sportdagi muvaffaqiyatlarni oshirishdagi rolini o‘rganishga qaratilgan. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida har bir o‘quvchining individual ehtiyojlari, imkoniyatlari va qobiliyatlarini hisobga olish orqali samarali natijalarga erishish mumkinligi ta‘kidlanadi. Maqolada individual yondoshuvning jismoniy faollikni oshirish, ko‘nikmalarni rivojlantirish va sportdagi muvaffaqiyatlarni ta‘minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada sportdagi muvaffaqiyatni oshirish uchun zamonaviy metodlar va individual yondoshuvlarni qo‘llashning samaradorligi, shu bilan birga, o‘qituvchilar va murabbiylar uchun metodik tavsiyalar keltiriladi. O‘quvchilarning psixologik va jismoniy xususiyatlari, shuningdek, individual mashqlarni tanlash va shaxsiy yondoshuvlar orqali muvaffaqiyatlarga erishish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqola sportdagi muvaffaqiyatlarni ta‘minlashda individual yondoshuvning pedagogik, psixologik va metodik jihatlari, shuningdek, ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan innovatsion yondoshuvlar haqida batafsil ma‘lumotlar taqdim etadi.
Bibliografik iqtibos
Abduvohidova Aynura Abdumalik qizi. TA‘LIM JARAYONIDA INDIVIDUAL YONDOSHUV ORQALI SPORTDAGI MUVAFFAQIYATLARNI OSHIRISH // Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning ilmiy-uslibiy asoslari: muammo va yechimlar. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.34-38. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/529
Yuklanmoqda...