UZOQ MASOFAGA YUGURUVCHILARNING SPORT MASHG‘ULOTLARIDA TIKLANISH VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI (56-60-bet)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqola uzoq masofaga yuguruvchilarning sport mashg‘ulotlarida tiklanish vositalaridan foydalanishning nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada tiklanish jarayonlarining sportchilarning jismoniy va psixologik holatiga ta‘siri tahlil qilinadi, zamonaviy sportda qo‘llanilayotgan tiklanish usullari, jumladan, kriova termoterapiya, elektrostimulyatsiya, massaj, ovqatlanish va gidratatsiya kabi vositalar ko‘rib chiqiladi. Oxirgi 10 yillikdagi ilmiy tadqiqotlar tahlili asosida tiklanish vositalarining sportchilar natijalarini oshirishdagi ahamiyati va ularning dolzarbligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari sportchilarning sog‘lig‘ini saqlash, jarohatlarni oldini olish va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishish uchun tiklanish jarayonlarining samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Bibliografik iqtibos
Mamatqulova Nazira Anvar qizi. UZOQ MASOFAGA YUGURUVCHILARNING SPORT MASHG‘ULOTLARIDA TIKLANISH VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI // Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning ilmiy-uslibiy asoslari: muammo va yechimlar. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.56-60. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/533
Yuklanmoqda...