KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASI (255-257-bet)
Annotatsiya
Aniq, tez va tejamli harakatlarning inson hayotidagi ahamiyati beqiyosdir. Bu qobiliyat xilma-xil mehnat va sport faoliyatidagi yuksak yutuqlarni belgilaydi. Harakatlarni oqilona bajarish qobiliyatini bolalarda kichik maktab yoshidan boshlab tarbiyalash zarur. Tejamli, chiroyli harakatlar energiya sarfi nuqtayi nazaridan ratsional bo‘lishi bilan bir qatorda, bolalarda harakatlar go‘zalligini qadrlash, mashqlarni bajarishda mushak sezgilaridan zavqlanish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi. Tayanch iboralar: ta‘lim, metodika, ko‘nikma, malaka, mashqlar. Voleybol va basketbol elementlarini kichik to‘plar bilan mashqlarni bajarishda, to‘pni aniqlikka otishda qo‘llar ishi ma‘lum darajada takomillashadi. Biror ko‘nikma, sifatni maqsadga muvofiq rivojlantirish uchun ularni o‘lchash imkonini beradigan "vositalar"ga ham ega bo‘lish kerak. Koordinatsion va tezkor harakatlarga bo‘lgan qobiliyatlarni baholash, xususan, maktab o‘quvchisining tayyorgarligidagi zaif bo‘g‘inni aniqlashga yordam beradi. Lekin jismoniy tarbiya darslarida bu muhim fazilatni takomillashtirishga asossiz ravishda kam e‘tibor berilmoqda. Agar oyoqlar ishidagi koordinatsiya o‘quv programmasiga kiritilgan ko‘pgina mashqlar bilan rivojlantirilsa, qo‘llar ishiga kamroq o‘rin ajratiladi. Maktab o‘quvchilarining u yoki bu faoliyat turiga bo‘lgan qobiliyatlarini aniqlash uchun mashqlar turli yoshdagi bolalar uchun qulay, yetarlicha sodda va bajarish uchun ko‘p vaqt talab qiladigan bo‘lishi kerak. Bunda murakkab inventarlarni ham qo‘llamagan ma‘qul. Zamonaviy darsga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri - ta‘lim jarayonini jismoniy va psixologik funksiyalarni rivojlantirish va takomillashtirish vazifalarini hal qilish uchun, ya‘ni ta‘lim rivojlantiruvchi bo‘lishi kerak. Ma‘lumki, o‘qituvchi darsda nafaqat o‘z faoliyatini, balki o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini ham tashkil eta olsa, bu mumkin bo‘ladi. U quyidagilarni o‘z ichiga olgan dastur asosida quriladi: Maqsad. Kichik maktab yoshida qo‘llar ishini muvofiqlashtirishni rivojlantirish uchun tanlangan vosita va usullarning samaradorligini aniqlash. Materialning mazmuni quyidagi o‘zaro bog‘liq muammolarni hal qilish imkonini beradi: 1. Sog‘liqni mustahkamlash, ko‘z bilan chamalashni rivojlantirish, shug‘ullanuvchilarning ish qobiliyatini oshirish; 2. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish ehtiyojini tarbiyalash, jismoniy kamolotga intilish; 3. Gigiyena, tibbiyot, jismoniy tarbiya va sport sohasida zarur minimum bilimlarni egallashga ko‘maklashish; 4. Hayotiy muhim harakat ko‘nikma va malakalarini o‘rgatish, ularni turli murakkab sharoitlarda qo‘llash; Shularni inobatga olgan holda soyali to‘plar bilan bajariladigan mashqlar majmualarini tanladik. To‘pni orqadan polga tashlab, gavdani o‘ngga burish. 1. Sakrab qaytgan to‘pni ilib olish. Boshqa tomonga ham shunday. 6-8 marta takrorlanadi. 9. D. h. - oyoqlar birga, to‘p pastda chap qo‘lda. 2. chap oyoqda muvozanat, to‘p to‘g‘ri qo‘llarda oldinda. 3. 4 D. h. Shuning o‘zi o‘ng oyoqda. 3-4 marta t
Bibliografik iqtibos
Mamatqulov Abror, Jumanov Begzod Abdumalik o‘gli. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASI // Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning ilmiy-uslibiy asoslari: muammo va yechimlar. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.255-257. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/580
Yuklanmoqda...