ERKIN KURASH SPORTCHILARINING O‘QUV-YIG‘IN VA MASHG‘ULOTLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH (532-535-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada erkin kurash mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishning asosiy usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada texnik, jismoniy, taktik va psixologik tayyorgarlikning ahamiyati, shuningdek, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini rejalashtirish va tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, sport fiziologiyasi va tibbiy-biologik nazoratning mashg‘ulot samaradorligiga ta‘siri o‘rganiladi. Maqolada keltirilgan tavsiyalar erkin kurash bo‘yicha sportchilar va murabbiylar uchun amaliy ahamiyatga ega. Erkin kurash – bu jismoniy va psixologik jihatdan eng murakkab va talabchan sport turlaridan biridir. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u faqat jismoniy kuchni emas, balki sportchining texnik mahorati, taktik yondashuvi va psixologik holatini ham sinovdan o‘tkazadi. Shunday ekan, erkin kurash sportchilari uchun o‘quv-yig‘in va mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish, har tomonlama mukammallikka erishishning asosi hisoblanadi. Bu maqolada sportchilarning mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishning turli omillari, metodlari va zamonaviy yondashuvlari keng yoritiladi.
Bibliografik iqtibos
Karimberdiyev Doniyor Erkin o‘g‘li. ERKIN KURASH SPORTCHILARINING O‘QUV-YIG‘IN VA MASHG‘ULOTLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH // Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning ilmiy-uslibiy asoslari: muammo va yechimlar. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.532-535. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/649
Yuklanmoqda...