O‘RTA MASOFAGA YUGURUVCHILARNING YILLIK MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI BOSQICHLI TAQSIMLASH (542-545-bet)
Annotatsiya
Bugungi kunda yengil atletika sport turining o‘rta masofaga yugurish ixtisosligi bo‘yicha sportchilarni tayyorlash tizimini zamon talablariga moslashtirish, yillik tayyorgarlik siklida jismoniy, texnik, taktik, psixologik va funksional tayyorgarlikni hisobga olgan holda mashg‘ulot vosita va usullarini oqilona qo‘llash yuzasidan ilmiy izlanishlari olib borilmoqda [6, 7]. Shuningdek, o‘rta masofaga yuguruvchilar sport formasini yillik tayyorgarlik siklida shakllanishi va musobaqalar davrida barqarorligiga erishish muammosi doimiy ravishda takomillashtirishni, malakali o‘rta masofaga yuguruvchilarning sport formasini yillik tayyorgarlik siklida ixtisoslik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda majmuali baholash mezonlarni ishlab chiqish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Sport formasini bosqichli takomillashtirish orqali musobaqalar davrida barqarorlashtiruvchi dasturlarni yaratish hamdamashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq etish kabi o‘z yechimini kutayotgan muammolar dunyo miqyosida ilmiy va amaliy jihatdan asoslashni talab etayotganligini ko‘rishimiz mumkin [2, 3, 5]. O‘rta masofaga yuguruvchilar yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlari jarayonida sport formasi tashkil topishiga hamda musobaqalar davrida barqaror ushlab turilishiga mikrosikllarni tizmli va bosqichli holda qo‘llash asosiy sabablardan birini sanalib natijalar oshishiga xizmat qiladi [1, 4].
Bibliografik iqtibos
Shonazarov Javohir Sirojiddin o‘g‘li. O‘RTA MASOFAGA YUGURUVCHILARNING YILLIK MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI BOSQICHLI TAQSIMLASH // Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning ilmiy-uslibiy asoslari: muammo va yechimlar. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.542-545. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/652
Yuklanmoqda...