BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI 10-12 YOSHLI YENGIL ATLETIKLACHILAR JISMONIY QOBILIYATLARINING UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIK JARAYONLARIDAGI AHAMIYATI (562-564-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqola 10-12 yoshli boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yengil atletikachilarni jismoniy tayyorgarlik jarayonida umumiy va maxsus jismoniy qobiliyatlarning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada yosh atletlar uchun jismoniy tayyorgarlikning barcha bosqichlari muhim ekanligi, ayniqsa, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning rivojlanishi ularning kelajakdagi sport muvaffaqiyatlari uchun asos bo‘lishi ta‘kidlanadi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi sportchilar uchun umumiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadi jismoniy qobiliyatlarni to‘g‘ri rivojlantirish va bu orqali maxsus tayyorgarlikning poydevorini yaratishdir. Shuningdek, maxsus jismoniy tayyorgarlikning yosh sportchilarni yengil atletika musobaqalariga tayyorlashdagi muhim roli va metodlari ko‘rib chiqiladi. Maqola yosh atletlarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun jismoniy tayyorgarlikning to‘g‘ri tashkil etilishining zarurligini va murabbiylar uchun metodologik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Bibliografik iqtibos
Suyunov Abrorbek Baxtiyor o‘g‘li. BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI 10-12 YOSHLI YENGIL ATLETIKLACHILAR JISMONIY QOBILIYATLARINING UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIK JARAYONLARIDAGI AHAMIYATI // Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning ilmiy-uslibiy asoslari: muammo va yechimlar. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.562-564. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/659
Yuklanmoqda...