Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

MALAKALI MILLIY KURASHCHILARDA MAXSUS CHIDAMLILIKNI OSHIRISH UCHUN MAXSUS TESTLARDAN FOYDALANISH (600-605-bet)

Muallif: Jumaqulov Javoxirbek Marat o‘g‘li (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)
Konferensiya: Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning ilmiy-uslibiy asoslari: muammo va yechimlar (2025)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Mazkur ilmiy ishda malakali milliy kurashchilarning maxsus chidamlilik darajasini aniqlash va uni oshirish maqsadida maxsus testlardan foydalanishning samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot davomida kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik holatini baholash, ularning funksional imkoniyatlarini aniqlash hamda mashg‘ulot jarayonini individual tarzda takomillashtirish uchun maxsus testlar tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, testlar asosida olib borilgan monitoring va tahlillar sportchilarning mashg‘ulot jarayonidagi yondashuvlarini takomillashtirish, yuklamalarni optimal darajada taqsimlash hamda musobaqalarga tayyorgarlik jarayonini yanada samarali tashkil etishga yordam berdi.
Kalit so'zlar: Kurash, maxsus chidamlilik testi, elementlar, kuper sinovi, individual harakatlar, O‘TS, (ml) , tana tuzilishi ko‘rsatkichlari, mashq, tartibli chidamkorlik, mashg‘ulot dinamikasi, garvard step-testi, takroriy mashq usuli, bazaviy chidamkorlik, dinamik va statik yo‘nalishlari
Bibliografik iqtibos
Jumaqulov Javoxirbek Marat o‘g‘li. MALAKALI MILLIY KURASHCHILARDA MAXSUS CHIDAMLILIKNI OSHIRISH UCHUN MAXSUS TESTLARDAN FOYDALANISH // Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning ilmiy-uslibiy asoslari: muammo va yechimlar. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.600-605. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/671
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...