Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY SPORT HARAKATI VA UNING SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI (710-713-bet)

Muallif: Boboyev Alisher Odilovich (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning ilmiy-uslibiy asoslari: muammo va yechimlar (2025)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
The national model of the mass sports movement in Uzbekistan and its role in the formation of a healthy lifestyle was developed on a scientific basis on the basis of a single three-way model in order to ensure a healthy lifestyle by involving all segments of the population in physical education and sports, to prevent various social vices. O‘zbekistonda ommaviy sport harakati va uning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni Aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish orqali sog‘lom turmush tarzini ta‘minlash, turli ijtimoiy illatlarning oldini olish maqsadida ommaviy sport harakatining milliy modeli yagona uch tomonlama model asosida ilmiy asosda ishlab chiqildi. Ommaviy sport harakatining milliy modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi: - aholining barcha qatlamlarini kundalik sport mashg‘ulotlariga jalb qilish orqali sog‘lom turmush tarzini ta‘minlash va millat genofondini mustahkamlash; - aholining yoshi, hayotiy ko‘nikmalari, ma‘lumoti, ijtimoiy mavqei, imkoniyatlari, mustaqil harakatlanish sharoitlarini hisobga olish; - modelning barcha bo‘g‘inlari yaxlit va mantiqiy bog‘liq; - modelning har bir bo‘g‘inining funksional maqsadlarini aniq belgilash asosida ularning o‘zaro ta‘sir tizimlarini ishlab chiqish; - modelda qo‘yilgan funksional maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta‘minlash bo‘yicha funksional maqsadga ta‘sir qiladi va zanjirli siklga ega; - modelning funksional maqsadini amalga oshirishda yuqori malakali, o‘z Vataniga muhabbat darajasi yuqori bo‘lgan talabalar. Birinchi blokning asosiy funksional maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlab oilada, bog‘chada va mahallada jismoniy faollikning birlamchi ko‘nikmalarini shakllantirish; bolalarda har kuni sport bilan shug‘ullanish qobiliyatini rivojlantirish, bu zarur va qiziqarli vositani turli o‘yinlar yordamida joriy etish; bolalarni yoshi va xohishiga ko‘ra faol safarbar qila oladigan tizimning ilmiy-amaliy asosini yaratish va uni butun mamlakat bo‘ylab keng joriy etishdan iborat. Ushbu blokning funksional vazifasi Xalq ta‘limi vazirligi, hokimliklar, bolalar sportini rivojlantirish, "Sog‘lom avlod uchun," "Mahalla" jamg‘armalari va boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi blokning funksional maqsadi - oltitadan ortiq milliy o‘rta maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslari va musobaqalarida jismoniy faollikning asosiy ko‘nikmalarini mustahkamlash va ularda sportga muhabbat uyg‘otish orqali jismoniy salomatligini ta‘minlash; "Umid nihollari" sport musobaqalari, maktab va maktabdan tashqari sport to‘garaklari orqali o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish; o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash, iqtidorli yoshlarni bolalaro‘smirlar sport maktablari, maxsus bolalar-o‘smirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari sport kollejlariga yo‘naltirish, ularning bosqichli musobaqalarda ishtirokini ta‘minlash; jismoniy tarbiya va sportni maktab o‘quvchilarining ku
Bibliografik iqtibos
Boboyev Alisher Odilovich. O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY SPORT HARAKATI VA UNING SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI // Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning ilmiy-uslibiy asoslari: muammo va yechimlar. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.710-713. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/698
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...