VOLEYBOL O‘YININING JISMONIY TARBIYA TIZIMIDAGI O‘RNI (787-790-bet)
Annotatsiya
Voleybol o‘yini jismoniy tarbiya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu sport turi yosh avlodni jismonan chiniqtirish, ularning harakat faolligini oshirish, irodaviy sifatlarini shakllantirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Maktab va oliy ta‘lim muassasalarida voleybolni dars mashg‘ulotlariga kiritish orqali o‘quvchilarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishni targ‘ib qilish mumkin. Shuningdek, voleybol orqali koordinatsiya, tezkorlik, chaqqonlik va muvozanat kabi jismoniy sifatlar samarali rivojlanadi. Mazkur maqolada voleybol o‘yinining jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni, uning pedagogik va sog‘lomlashtiruvchi funksiyalari yoritilgan.
Bibliografik iqtibos
Azizov Muxammadjon A‘zamovich. VOLEYBOL O‘YININING JISMONIY TARBIYA TIZIMIDAGI O‘RNI // Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning ilmiy-uslibiy asoslari: muammo va yechimlar. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.787-790. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/717
Yuklanmoqda...