BOSHLANG‘ICH TA‘LIM TASHKILOTLARIDA STEAM ELEMENTLARI ASOSIDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH (348-352-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik mantiqiy fikrlashni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari hamda uni rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqotda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning bilish jarayonlari, xususan, tafakkur, diqqat va xotira xususiyatlari asosida matematik mantiqni rivojlantirish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, boshlang‘ich ta‘lim jarayonida interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar, didaktik o‘yinlar va raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinib, ularning o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta‘lim tizimida matematik mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan samarali metod va yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bibliografik iqtibos
Sevinch Abduvahobova Anvarbek qizi. BOSHLANG‘ICH TA‘LIM TASHKILOTLARIDA STEAM ELEMENTLARI ASOSIDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.348-352. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/968
Yuklanmoqda...