Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI (353-355-bet)

Muallif: Allayarova Sevara Atabek qizi
Konferensiya: “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR” (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Ushbu tezis boshlang‘ich sinf ona tili darslarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan (ZAT) foydalanish metodikasini tadqiq etadi. Muammolar tahlili shuni ko‘rsatadiki, an‘anaviy ta‘lim usullari o‘quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantirishda yetarli emas. Tezisda ZAT vositalarining (multimediali taqdimotlar, elektron o‘quv qo‘llanmalar, audio-video materiallar, animatsion slaydlar, kompyuterli testlar) ona tili darslarida qo‘llanilishining pedagogik shartlari, metodik tavsiyalar va samaradorlik omillari yoritilgan. "Videotopishmoq" metodi, guruhli va individual ishlash, interfaol doskalardan foydalanish kabi innovatsion yondashuvlar tahlil qilingan. Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, ZAT dan maqsadli foydalanish o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, mantiqiy mushohada yuritish qobiliyatini oshiradi, ta‘lim jarayonining samaradorligini ta‘minlaydi. Tezis boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va ta‘lim sohasi mutaxassislari uchun qiziqish uyg‘otadi.
Kalit so'zlar: Boshlang‘ich ta‘lim, ona tili, zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia ta‘limi, elektron o‘quv qo‘llanmalar, interfaol doska, nutqni rivojlantirish, ta‘lim samaradorligi, metodika, testlar
Bibliografik iqtibos
Allayarova Sevara Atabek qizi. BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH METODIKASI // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.353-355. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/969
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...