BOSHLANG‘ICH SINFLARDA RAQAMLI TA‘LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI (359-364-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqola zamonaviy boshlang‘ich ta‘lim jarayonida raqamli ta‘lim texnologiyalarining pedagogik ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv metodidan foydalangan holda 30 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qatnashgan. Kuzatuv davomida raqamli vositalar yordamida olib borilgan darslarda o‘quvchilarning faolligi, diqqatni jamlash darajasi, mustaqil ishlash ko‘nikmalari va ijodiy fikrlash faoliyati tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, raqamli ta‘lim texnologiyalari darslarni interaktiv va vizual qilishi, o‘quvchilarning qiziqishini oshirishi, bilimlarni mustahkamlash va abstrakt tushunchalarni osonlashtirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot shuningdek, raqamli texnologiyalarni bosqichma-bosqich va amaliy mashqlar orqali joriy etish zarurligini, individual yondashuv va muntazam pedagogik yordam ta‘minlash pedagogik samaradorlikni oshirishda muhimligini ko‘rsatadi.
Bibliografik iqtibos
Gadoyboyeva Diyora Azamat qizi. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA RAQAMLI TA‘LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.359-364. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/971
Yuklanmoqda...