Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

PARABOLIK TIPDAGI CHIZIQLI FILTRATSIYA TENGLAMASINI CHEGARAVIY MASALALARI (103-105-bet)

Muallif: Ochilova Guldona (Guliston davlat pedagogika instituti); Ermonova Mohinur Umidjon qizi (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: UZLUKSIZ TA’LIMDA ANIQ FANLARNI O‘QITISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR (2025)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Ushbu maqolada parabolik tipdagi filtratsiya tenglamasini chegaraviy masalalarini chekli ayirmalar usuli yordamida sonli yechishning qisqacha nazariy asoslari, hisob algoritmi, na‘munaviy misol yechimi, mustaqil o‘zlashtirishga oid adabiyotlar, dasturiy vosita va undan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan. Filtratsiya jarayonini o‘rganish texnika rivojida doimo muhim o‘rin egallab kelgan. Darcy qonuniga asoslangan filtratsiya jarayonlari parabolik tipdagi differensial tenglamalar yordamida modellashtiriladi. Ko‘pgina hollarda parabolik tipdagi tenglamalarni yechimini analitik usulda topish juda murakkab, ayrim hollarda imkonsizdir. Shu sababli so‘ngi yillarda parabolik tipdagi differensial tenglamalarni yechishning sonli usullari yaratilib, keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni hisoblash teexnikalarining takomillashishi hisobiga bir qancha yutuqlarga erishilmoqda.
Kalit so'zlar: filtratsiya, darcy qonuni, boshlang‘ich va chegaraviy shartlar, chekli ayirma, aproksimatsiya, oshkor sxema, oshkormas sxema, tugun nuqda, to‘r soha
Bibliografik iqtibos
Ochilova Guldona, Ermonova Mohinur Umidjon qizi. PARABOLIK TIPDAGI CHIZIQLI FILTRATSIYA TENGLAMASINI CHEGARAVIY MASALALARI // UZLUKSIZ TA’LIMDA ANIQ FANLARNI O‘QITISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR. Guliston davlat pedagogika instituti, 2025, B.103-105. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/174
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...