Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

AMIR TEMUR DAVLATCHILIGINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTIDA MANSABDOR SHAXSLARNI TANLASH MEZONLARI: “TEMUR TUZUKLARI” ASOSIDA TAHLIL (392-395-bet)

Muallif: Xalimov Zafar Xatamovich (“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti)
Konferensiya: Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Mazkur maqolada “Temur tuzuklari” asari asosida Amir Temur davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyotida mansabdor shaxslarni tanlash mezonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlat boshqaruvida kadr tanlash masalasi faqat siyosiy yoki ma‘muriy ehtiyoj sifatida emas, balki davlat barqarorligini ta‘minlovchi ijtimoiy-falsafiy va ma‘naviy-axloqiy tamoyil sifatida yoritiladi. “Temur tuzuklari”da mansabdor shaxslarni tanlashda nasl-nasab, shaxsiy yaqinlik yoki tasodifiy sadoqat emas, balki aql-zakovat, tajriba, adolat, sadoqat, jasorat, maslahatga moyillik, mas‘uliyat va davlat manfaatini ustuvor qo‘yish kabi mezonlar muhim o‘rin tutgani asoslab beriladi. Maqolada ushbu mezonlarning Amir Temur davlatining siyosiy barqarorligi, boshqaruv intizomi va ma‘muriy samaradorligiga ta‘siri tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Amir Temur, Temur tuzuklari, davlatchilik, mansabdor shaxslar, kadrlar salohiyati, boshqaruv mezonlari, adolat, maslahat, sadoqat
Bibliografik iqtibos
Xalimov Zafar Xatamovich. AMIR TEMUR DAVLATCHILIGINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTIDA MANSABDOR SHAXSLARNI TANLASH MEZONLARI: “TEMUR TUZUKLARI” ASOSIDA TAHLIL // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.392-395. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1767
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...