Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

KOMPENTENTSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK OLIY TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING INKLYUZIV TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH (988-991-bet)

Muallif: Xafizova Umida Jo‘raboy qizi
Konferensiya: “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR” (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning mazmuni, uning mohiyati hamda ushbu turdagi ta’limni olayotgan bolalarga bilim berish faoliyati yoritilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim muhiti, uning pedagoglarga qo‘yadigan talablari va inklyuziv pedagogik kompetensiyaning mazmun-mohiyati bayon etilgan. Ta’lim olishda qiyinchiliklarga duch keladigan bolalar bilan ishlash uchun har bir pedagogda bo‘lishi zarur bo‘lgan moddiy, ma’naviy va kasbiy shart-sharoitlar tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi uchun nisbatan yangi yo‘nalish hisoblangan inklyuziv ta’lim sohasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Bolalarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyat hamda istiqboldagi dasturiy reja va loyihalar ushbu maqolada o‘z aksini topgan.Jahon miqyosida inklyuziv ta’lim rivojlangan mamlakatlar tajribasi va ushbu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarni ta’limga jalb etish va sifatli ta’lim bilan ta’minlash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu esa mazkur yo‘nalishda maxsus rejalashtirilgan va dasturlashtirilgan kompleks ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishni talab etadi.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, inklyuziv ta’lim nazariyasi va texnologiyasi, inklyuziya, integratsiya, ijtimoiy integratsiya, kompetensiya, UNICEF, pedagogik kompetensiya, dialogik xususiyat.
Bibliografik iqtibos
Xafizova Umida Jo‘raboy qizi. KOMPENTENTSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK OLIY TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING INKLYUZIV TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.988-991. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/35
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...