NEYROPEDAGOGIKA ASOSIDA O‘QUVCHILARNING KASBIY QIZIQISHLARINI ANIQLASH (822-825-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada neyropedagogik yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini aniqlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Muallif an’anaviy metodlardan farqli o‘laroq, kasb tanlash jarayonini miyaning neyrobiologik qonuniyatlari, xususan, diqqatning selektivligi, xotira engrammalarining shakllanishi va mukofotlash tizimining (dopaminergiya) ishlash mexanizmlari bilan bog‘laydi. Maqolada kognitiv funksiyalarning neyrobiologik asosi o‘quvchining ma’lum bir sohadagi salohiyatini prognoz qilishda asosiy indikator ekanligi ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning samarali neyropedagogik strategiyalarini ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin.
Bibliografik iqtibos
Shamsiddinov G‘iyosjon Husniddin o‘g‘li. NEYROPEDAGOGIKA ASOSIDA O‘QUVCHILARNING KASBIY QIZIQISHLARINI ANIQLASH // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.822-825. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/94
Yuklanmoqda...